Jinoyat-protsessual kodeksi 56-modda. Fuqaroviy daʼvogar

Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlsa, ular fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladi. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy daʼvo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.