Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.