Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga prokurorga oʻtkazadi. Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida , (84-moddaning birinchi qismi 2-bandi bundan mustasno) nazarda tutilgan asoslarga koʻra ishni tugatish; 2) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish; 3) qarorni tasdiqlab ishni sudga oshirish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish.