Jinoyat-protsessual kodeksi 58-modda. Fuqaroviy javobgar

Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga koʻra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.