Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi. Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586⁷-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi. Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi.