Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, agar: 1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud boʻlmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan boʻlsa; 2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi boʻlmasa; 3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tugʻilgan boʻlsa; 4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta koʻrib chiqish uchun prokurorga yuboradi. Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.