Jinoyat-protsessual kodeksi 590-modda. Sud majlisi

Prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi jinoyat sodir qilingan yoxud surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. Iltimosnomani koʻrib chiqish sud tomonidan prokuror albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi. Sud majlisida amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari ishtirok etadi. Sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida lozim darajada xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi sud majlisining oʻtkazilishiga monelik qilmaydi. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qaysi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan tanlangan boʻlsa, oʻsha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishi zarurligi masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Sud majlisi prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, prokuror amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish zarurligini asoslab beradi. Soʻngra amnistiya aktini qoʻ