Jinoyat-protsessual kodeksi 601-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Oʻzarolik prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organining shunga oʻxshash vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining soʻroviga binoan shaxsni ushlab berish amalga oshirilishi haqidagi yozma vaʼdasi bilan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki ogʻirroq jazoni nazarda tutsa; agar oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborilgan shaxs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa; soʻrovni yuborgan xorijiy davlat oʻziga nisbatan soʻrov yuborilgan shaxsning faqat soʻrovda koʻrsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni oʻtaganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan oʻlim jazosi qoʻllanilmasligini kafolatlasa. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir shaxsni ushl