Jinoyat-protsessual kodeksi 612-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish shartlari

Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilib olishga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek qabul qilinayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi.