Jinoyat-protsessual kodeksi 618-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish shartlari

Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga koʻra, shuningdek berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.