Jinoyat-protsessual kodeksi 622-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtash uchun berishning huquqiy oqibatlari

Hukmni ijro etuvchi davlatga jazoni oʻtash uchun berilgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan ushbu davlat hududida xuddi shu kabi jinoyat uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ayni shunday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi. Boshqa davlat sudi tomonidan hukm qilingan va jazoni ijro etish uchun berilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlat hududida aynan shu qilmishi uchun takroran jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.