Jinoyat-protsessual kodeksi 83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim: 1) ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa; 2) uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa; 3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa.