Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 10-modda. Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi

Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.