Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 13-modda. Murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish kafolatlari

Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatni qabul qilish va koʻrib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.