Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar va, agar bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʻlsa, boshqa axborot davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Jismoniy va yuridik shaxs toʻgʻrisidagi, murojaatga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Jismoniy shaxsning iltimosiga koʻra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kerak.