Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan koʻrib chiqiladi. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻzining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga oʻtkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi. Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi. Murojaatni toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlgan taqdirda, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari oʻzlaridan soʻralayotgan axborotni oʻn kun ichida taqdim etishi shart. Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organi, zarur hollarda, murojaat joyning oʻziga borib koʻrib chiqilishini taʼminlashi mumkin. Murojaat etuvchi yoki boshqa shaxs yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqish imkoni boʻlmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat etuvchi kelmagan taqdirda davlat organini