Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 29-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish

Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi 1064–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 140-modda); 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 1065–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 141-modda); 3) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 446–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 7-modda).