Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 10-modda

Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Oʻzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.