Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri: 1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar boʻladi; 2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi; 3) xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi; 4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.