Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 124-modda

Viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanga boʻysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.