Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining prokurori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.