Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 150-modda

Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Soʻm Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy toʻlov vositasidir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining hududida qonuniy toʻlov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.