Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 151-modda

Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va toʻlov tizimlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hudud mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vazifalarini bajarishda mustaqildir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.