Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 19-2-modda. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish

Davlat organlari va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiya darajasini aniqlash va uni minimallashtirish maqsadida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili, aholining korrupsiyaga boʻlgan munosabati (ijtimoiy soʻrov natijalari), korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha siyosatning samaradorligiga doir maʼlumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning axboroti asosida shakllantiriladi. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi.