Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini taʼminlash, maʼmuriy-boshqaruv jarayonining begʻarazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish; oʻz ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda maʼmuriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymaslik; soddalashtirilgan maʼmuriy tartib-taomillarni joriy etish; davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar oʻrnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash. Qonunchilikda maʼmuriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.