Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 28-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida boʻladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning oʻzining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sogʻligʻiga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zoʻrlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yoʻq qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrishi shart. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bu qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi. Oʻzi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat toʻgʻrisida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda ikki yil davomida intizomiy jazo choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarni ragʻbatlantirish davlat tomonidan kafolatlanadi. Ragʻbatlantirish bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma, esdalik sovgʻasi shaklida yoki qonunchilikda taqiqlanmagan bos