Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash.