Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 8-2-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tashkil etiladi. Hududiy kengashlar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlaridan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda Milliy kengash qarori bilan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari hududiy kengashlarning raislari hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organidir. Hududiy kengashlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning joylarda amalga oshirilishini tashkil etish; davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini taʼminlash; davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalari rahbarlarining korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborotini eshitish; hududda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlash; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar holati, muayyan bir soha yoki hudud boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar dasturini aholining korrupsiyani idrok etish darajasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va amalga oshirish; hududdagi