Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi (bundan buyon matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi. Milliy kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va Milliy kengash raisidan, raisi oʻrinbosaridan hamda aʼzolaridan tashkil topadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Milliy kengash raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Milliy kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi. Milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash; korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash; korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu sohadagi