Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlarining buzilganligi aniqlanganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini uning zimmasiga yuklovchi qarori bajarilmaganda. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan, oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli organning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yetkaziladi. Sudning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Vakolatli organlar yoki sud litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda koʻrsatilgan muddat litsenziat yoki ruxsat beruvchi hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmasli