Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: qonuniylik; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chogʻida vakolatli organlar faoliyatining ochiqligi; inson huquqlari va erkinliklarining, jismoniy va yuridik shaxslar qonuniy manfaatlarining, fuqarolar hayoti va sogʻligʻini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining shaffofligi; litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining “yagona darcha” prinsipi boʻyicha amalga oshirilishi.