Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi ariza sudga vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda beriladi: xabardor qiluvchi tomonidan faoliyatni (harakatlarni) boshlash toʻgʻrisida yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning yolgʻon yoki notoʻgʻriligi aniqlanganda; xabardor qiluvchi belgilangan talablar va shartlarning buzilishi bilan bogʻliq kamchiliklar vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda; belgilangan talablar va shartlar muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda; belgilangan talablar va shartlar bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan boʻlsa. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ dalolatnoma tuzadi va bir ish kuni ichida uni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qiluvchiga yuboradi. Dalolatnoma tuzilganidan keyin vakolatli organ besh ish kuni ichida sudga xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish haqida ariza beradi. Vakolatli organning xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qanoatlantirilmagan taqdirda, vakolatli organ xabardor qiluvchi oldida xabardor qiluvchiga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) tugatilganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch ish kuni ichida xabarnomalar reyestriga belgi qoʻyadi. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tart