Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 47-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash

Vakolatli organ xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) tugatish toʻgʻrisidagi arizada xabardor qiluvchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikning ahamiyatini hisobga olgan holda, ushbu Qonunning 3-ilovasiga kiritilgan faoliyat (harakatlar) turlarini (kichik turlarini) xabardor qiluvchi tomonidan amalga oshirishni uch oygacha boʻlgan muddatga taqiqlash toʻgʻrisidagi talabni nazarda tutishi mumkin. Bunda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishni taqiqlashning aniq muddati sud tomonidan qonunga muvofiq aniqlanadi. Ushbu Qonun 46-moddasi birinchi qismining ikkinchi , toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari boʻyicha xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish olti oygacha boʻlgan muddatga taqiqlanadi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.