Litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshirayotgan shaxslarning, xabardor etuvchilarning faoliyati vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinadi. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotganda vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish; litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni soʻrash va olish; tekshiruvlar natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yoʻl qoʻygan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish; jismoniy va yuridik shaxslar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish; xabardor qiluvchilarning faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida, shuningdek xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash toʻgʻrisida sudga ariza berish; ushbu Qonunga muvofiq litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga ja