Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 5-modda. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini joriy etish uchun asoslar

Agar jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan faoliyatning (harakatlarning) ayrim turlarini amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga ziyon, jamoat xavfsizligiga ziyon va (yoki) atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi.