Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 51-modda. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish

Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi: “xavfni tahlil etish” tizimi; jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari; jismoniy shaxslarning litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikning buzilishi hollari toʻgʻrisida maxsus elektron tizim orqali yuborilgan maʼlumotlari. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi. Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek xabarnoma yubormasdan shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq buzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, bu haqda vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslar huquqbuzarlik tasdiqlanganda, undirilgan jarimaning oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.