Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 52-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik asoslari

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jismoniy shaxslar qonunga muvofiq jinoiy va (yoki) maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar solinadi: faoliyat bilan litsenziyasiz, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz va vakolatli organni xabardor etmasdan shugʻullanish, shuningdek ushbu hujjatlarning amal qilishi toʻxtatib turilganda bunday faoliyat bilan shugʻullanish; litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish; xabardor qilish tartibidagi faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilishi toʻgʻrisida vakolatli organga yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot taqdim etish. Jarimalar vakolatli organlar tomonidan ushbu Qonun 48-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari asosida solinadi. Bunda nazorat tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha vakolatli organning va yuridik shaxs boʻlgan huquqbuzar (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, vakolatli organning mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Xolislar oʻzining hozirligida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini dalolatnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan dalolatnomaga kiritilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur boʻlgan taqdirda, xolislar koʻrsatilgan holatlar yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin. Yuridik shaxsning ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi t