Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 48-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi hamda uchinchi qismi , shuningdek 49 — 57-moddalari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ILOVA Amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari T/r Litsenziyaning nomi Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar 1. Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya Maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno); Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari; oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim xizmatlari; oliy taʼlim xizmatlari; oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari; avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 3. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya Yakkaxon ijrochi konserti (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish; Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “ Oʻzbekkonsert ” davlat muassa