Xalq deputatlari Kengashi raisi: xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga raislik qiladi va Kengash sessiyasining ishini tashkil etadi; xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri va xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi; Kengash Kotibiyatiga xalq deputatlari Kengashi ishini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar beradi, Kotibiyat xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi; xalq deputatlari Kengashining qarorlarini va Kengash sessiyasi bayonnomalarini imzolaydi, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; xalq deputatlari Kengashining sessiyasini, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi; xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari ishini muvofiqlashtirib boradi; xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etadi; deputatlarga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi; xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash choralarini koʻradi; xalq deputatlari Kengashi faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika taʼminotini tashkil etadi; ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.