Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va oʻtkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni koʻrib chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish, Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish, Kengash tekshiruvini oʻtkazish, deputatlar soʻrovlarini yuborish, qarorlar loyihalarini koʻrib chiqish, ovoz berish, qarorlarni oʻqib eshittirish, sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning masʼuliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq belgilanadi.