Viloyat, tuman, shahar hokimi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini ijro etadi; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va sogʻligʻini muhofaza qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda ishlarni tashkil etadi; viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini budjet soʻrovini tuzish uchun koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi; viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi; xalq deputatlari Kengashlari sessiyalariga koʻrib chiqish uchun masalalar kiritadi, zarur hollarda Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida Kengashga taklif kiritadi; xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida ishtirok etadi; tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi; oʻz oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga taqdim etadi; hokimlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; quyi turuvchi hokimlarni