Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish