Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 25-7-modda. Kengash tekshiruvi

Kengash tekshiruvi tegishli hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida oʻtkazilishi mumkin. Kengash tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Kengash qarori deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat Kengash tekshiruvining obyekti boʻlishi mumkin emas.