Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 26-1-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini cheklash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish nazarda tutilishi mumkin.