Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda oʻzini oʻzi boshqarishni rivojlantirishga koʻmaklashadilar, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini yoʻnaltirib turadilar. Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur boʻlgan hollarda oʻz faoliyati toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.