Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 113-1-modda. Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yoʻlovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish

Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzish, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bogʻliq hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Temir yoʻl transportida va metropolitenda yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.