Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 12-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish

Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan koʻra bilgan boʻlsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb oʻylagan boʻlsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda oldindan koʻra bilmagan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.