Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 121-modda. Transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish

Lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, xuddi shuningdek hamma turdagi maxsus transportlarning oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.