Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 146-1-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi

Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.