Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 175-3-modda. Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish

Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.